Yordam

Telegram Premium obunasini bekor qilish

Premium obunasini bekor qilish — avtomatik yangilanishni o'chirish degani. Buni pul qayerdan yechilgan bo'lsa, o'sha yerda qilasiz: App Store, Google Play yoki @PremiumBot.

Avval qanday to'laganingizni aniqlang

Obuna pul yechilgan joyda boshqariladi. Telegram'dagi Premium sahifasi holat va muddatni ko'rsatadi, obunani esa do'kon yoki bot to'xtatadi. To'lov yo'llari quyidagicha:

  • App Store — iPhone yoki iPad'da Sozlamalar → Telegram Premium orqali olgan bo'lsangiz;
  • Google Play — Android'da Play Market'dan o'rnatilgan Telegram orqali olgan bo'lsangiz;
  • @PremiumBot — Telegram Desktop, saytdan yuklangan macOS yoki Android versiyasida karta bilan to'lagan bo'lsangiz;
  • sovg'a — do'stingizdan, konkursdan (giveaway) yoki @username'ingizga do'kon orqali olingan Premium. Bunda obuna umuman yo'q.

Esingizda bo'lmasa, pochtangiz yoki bank SMS'larini qarang: Apple va Google har bir yechilgan to'lovdan keyin chek yuboradi.

iPhone yoki iPad'da (App Store)

  1. Telefonning Sozlamalar (Settings) ilovasini oching — Telegram'ni emas.
  2. Eng tepadagi ismingizni (Apple ID) bosing.
  3. «Obunalar» (Subscriptions) bo'limiga kiring.
  4. Ro'yxatdan Telegram'ni tanlang.
  5. «Obunani bekor qilish» (Cancel Subscription) tugmasini bosing va tasdiqlang.

Android'da (Google Play)

  1. Google Play (Play Market) ilovasini oching.
  2. Yuqori o'ng burchakdagi profil rasmingizni bosing.
  3. «To'lovlar va obunalar» → «Obunalar» bo'limiga o'ting.
  4. Telegram'ni tanlang va «Obunani bekor qilish» tugmasini bosing.

Telegram'ni o'chirib tashlash yoki akkauntdan chiqish obunani to'xtatmaydi. Avtomatik yangilanishni o'chirmaguningizcha do'kon pul yechishda davom etadi.

@PremiumBot orqali to'lagan bo'lsangiz

Telegram'ning rasmiy boti @PremiumBot bilan chatni oching. Bot menyusi yoki tugmalarida obunani boshqarish yoki bekor qilish bandini toping va tasdiqlang. Shundan keyin kartangizdan keyingi to'lov yechilmaydi. Holat va muddatni Sozlamalar → Telegram Premium bo'limida tekshirib turing.

Bekor qilgandan keyin nima bo'ladi

  • Premium to'langan muddat oxirigacha ishlayveradi — qolgan kunlar kuyib ketmaydi;
  • muddat tugagach Premium imkoniyatlari o'chadi, limitlar oddiy holatga qaytadi;
  • chatlar, xabarlar va fayllar o'chirilmaydi;
  • xohlasangiz, istalgan vaqtda Premium'ni qayta yoqish mumkin.

Obunani bekor qilish va pulni qaytarish — har xil narsalar. Bekor qilish faqat keyingi to'lovlarni to'xtatadi. Allaqachon yechilgan pulni qaytarish do'konning o'z qoidalariga bog'liq va bu bilan App Store yoki Google Play qo'llab-quvvatlash xizmati shug'ullanadi.

Sovg'a qilingan Premium o'zi yangilanmaydi

Premium sizga sovg'a qilingan bo'lsa — do'stingizdan, konkursdan yoki @username'ingizga do'kondan olingan bo'lsa — bekor qiladigan narsa yo'q. Bu 3, 6 yoki 12 oylik tayyor muddat: unga karta bog'lanmagan, muddat tugagach o'zi to'xtaydi.

Obunasiz Premium

Kartangiz obunaga bog'lanib turishini istamasangiz, Premium'ni bir martalik muddatga olish mumkin. Qulay Star'da 3, 6 yoki 12 oyni tanlaysiz, @username'ingizni yozasiz va Uzcard yoki Humo kartasi bilan Payme yoki Click orqali to'laysiz. Narx to'lovdan oldin ko'rinadi, muddat tugaganda kartadan hech narsa avtomatik yechilmaydi.

Yana o'qing